Tuman hokimiga biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulovga biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni hamda ularning ota-onalarini muammolari va takliflari tinglanib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tuman rahbari tomonidan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishida mas’uliyat bilan yondashish, intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashda mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.