insurez
20-06-2024 17:13

Tibbiyot sohasida qilinayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani tibbiyot birlashmasida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari S.Xujamiyarov rahbarligida tibbiyot sohasida qilinayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda birlashmada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar, tuman tibbiyot tizimida aniqlangan kamchilik va muammolar hamda ularning samarali yechimini topish kabi masalalar muhokama etildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda S.Xujamiyarov soha mas’ullarini o‘z ishiga yanada mas’uliyat bilan yondashishga chaqirar ekan, muammolarga yechim topish va bunday holatlar takrorlanishining oldini olish yuzasidan kerakli tavsiya va topshiriqlarini berib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida birlashmada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va ko‘lamini yanada oshirish, tuman tibbiyot tizimida qilinayotgan samaradorligini oshirish va viloyatda bu borada oldingi saflarga olib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -