insurez
24-09-2024 17:49

"Siz huquqingizni bilasizmi" tanlovi g'oliblari aniqlandi


O'zbekiston mahallari uyushmasi tomonidan fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, ularda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat va itoat hissini oshirish, huquq va majburiyatlari, burchlarini yanada teran anglab yetishlarini ta'minlash maqsadida "Siz huquqingizni bilasizmi" nomli ko'rik-tanlov o'tkazildi.

10 - 11 sentabr kunlari tanlov doirasida Respublikamizning barcha 14 ta hududlari kesimida eng zukko va bilimdon ishtirokchilar aniqlandi.

Quvonarlisi, Samarqandlik huquq bilimdonlari orasida tumanimiz farzandi, Nurobodlik Jasmina Toshmurodova eng yuqori natijani qayd etgan holda g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Bugun J.Toshmurodova O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan munosib taqdirlanib, yosh g'olibamizga diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alar topshirildi.

Yosh va zukko o'quvchimizni erishgan ushbu natijasi bilan qutlab, kelgusida bundanda yuksak marralarga erishishiga tilakdoshmiz!
 

Teglar
- -