Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari haftaning har juma kuni tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati"da ishtirok etishdi. O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi: ▫️Videolavha namoyishi: "Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi tahlili" ▫️“Mahalladan gapiramiz” rukni ▫️“Mutolaa vaqti” rukni ▫️O‘zbekiston va xorijdagi eng muhim yangiliklar Shuningdek, ma'rifat soati davomida davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari mavzusida so'z yuritilib, xodimlarning davlat tili me'yorlariga amal qilishi, savodxonlikni oshirish masalalarida kerakli chora-tadbirlar belgilandi.