Sektorlar shtabi a'zolari uchun seminar o'tkazildi
Nurobod tumani hokimligida sektorlar shtabi a'zolari uchun o'quv-seminari tashkil etildi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali mas'ullari ishtirokida bo'lib o'tgan seminar davomida sektorlar ish faoliyati samaradorligini oshirish, shtab a'zolari ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari tahlil etildi.
Jumladan, sektor shtabi va mahalla yettiligi a'zolarining uzviy hamkorligini ta'minlash, bunda yettilikning har bir a'zosi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, sektorlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng chekka va olis hududlarga ham kirib borib, aholi muammolari bilan manzilli ishlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan kerakli reja va chora-tadbirlar belgilab olindi.