insurez
10-08-2024 10:19

Sayyor qabulga marhamat!


Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar diqqatiga!

Agar sizda, 
❗️ Davlat xaridlari va birja savdolarida raqobatni cheklash;
❗️Raqobatni himoya qilish masalalari;
❗️Oziq-ovqat, dori mahsulotlari, maishiy elektr texnikalari, qurilish mahsulotlari hamda avtomobillar savdosi;
❗️ Kommunal xizmatlar ko‘rsatish (asossiz qarzdorlik, elektron hisoblagichlardan xfoydalanishdagi muammolar);
❗️Qurilish ishlari va uy-joy sotib olishdagi ziddiyatlar;
❗️Transport va yo‘lovchi tashish xizmatlaridagi tushunmovchiliklari;
❗️Ta’lim, tibbiyot va moliyaviy xizmatlarning sifati bo‘yicha muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining navbatdagi sayyor qabuliga taklif etamiz.

🔖 Sayyor qabul joriy yilning 12-avgust kuni soat 11:00 da Nurobod tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi. 

🏛 Manzil: Nurobod tumani, Mustaqillik ko'chasi, 4-uy

Murojaat uchun:
☎️ (66) 233-31-33

Teglar
- -