Sarikulda sayyor qabul bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumanining Sarikul mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Unda tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri, kadastr, tibbiyot, turli moddiy va ijtimoiy yordamlar olish kabi masalalarda 20 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.
Murojaatlarning ijobiy hal etilishi, o'z yechimini topishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi mas'ullar zimmasiga yuklatildi.