insurez
02-10-2024 14:53

Respublika "Hunarmand" uyushmasi raisi R.Mirzaahmedov Nurobod tumanida bo‘ldi


Respublika "Hunarmand" uyushmasi raisi R.Mirzaahmedov Nurobod tumanida bo‘ldi.

Xizmat safari davomida tumandagi hunarmandlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Uyushma rahbari Nurobod tumani Jom kishlog‘ida Qunduz Xudoyarova va Sevara Ziyatova ustaxonasida jun bilan ishlash jarayonini kuzatdi.

Shuningdek, tumandagi Nargiza Tufliyeva, Shoxista Norbekova faoliyati raisning e’tiboridan chetda qolmadi.  Jun gilam to‘quvchi ustalar junni qayerdan oladi, qanday yuvadi va qay usulda tozalaydi kabi masalalar ustida suhbatlashildi.
 

Teglar
- -