insurez
21-10-2024 16:29

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!


Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini ushbu qutlug' ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida "Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va o'zbek tili rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan bir  guruh o'qituvchi va faollarga tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

O'quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiq va raqslar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat va ko'tarinkilik ulashdi.
 

Teglar
- -