Pilla yetishtirishda samaradorlikni oshirish mavzusida o'quv-seminari bo'lib o'tdi
Yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, moddiy farovonligini oshirish va tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, bugun Nurobod tumani Ulus mahallasida ipakchilik sohasida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida pillakorlar, lider agronom ayollar va ipak qurtini boqish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda tuman “Agropilla” MCHJ rahbari O.Diyarov tomonidan xotin-qizlarga jahon tajribasi asosida sanoat usulida ipak qurti boqish, tutzorlar barpo etish va pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish kabi masalalar yuzasidan kerakli maslahat va tavsiyalar berilib, bu yo'lda barcha kerakli ko‘mak va yordamlar berilishi alohida ta’kidlandi.