insurez
01-07-2024 18:07

Oqsoy va Tepaqul mahallalarida sayyor qabullar o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumanining Oqsoy va Tepaqul mahallalarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman hokimi S.Berdiqulov, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona tashkilotlar rahbarlari, mahallalar fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi. Qabullar davomida fuqarolardan elektr energiyasi,toza ichimlik suvi, kadastr, subsidiya, bandlikni ta’minlash, imtiyozli kreditlar, gaz va boshqa masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaatlar yo‘llandi. Bir qator murojaatlar joyida hal etilgan yoki kerakli huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning ijobiy yechim topishi yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -