insurez
22-07-2024 16:36

"Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni”


Kelajak avlodni munosib tarbiyalashda, ular qalbida ezgulik, ma'rifat va vatanparvarlik kabi oliyjanob hislar joy olishida oilaning o'rni beqiyos, albatta. Zero mustahkam, ma'naviy sog'lom asosda qurilgan, ota-ona o'zining asosiy burch va mas'uliyatlarini teran his qilgan oiladagina ma'nan barkamol, yetuk farzandlar tarbiya topadi. Oilasini tom ma'noda mustahkam bir ma'rifat va ma'naviyat qo'rg'oniga aylantira olgan oilalar esa yurtimizda, xususan Nurobod tumanida ham juda ko'p. Bugun Nurobod tumanida bo'lib o'tayotgan "Ma'naviyat festivali" doirasida Respublikadan tashrif buyurgan ijodkorlar, xonanda va aktyorlar, fan arboblaridan iborat ma'rifatchilar jamoasi "Xalqobod" mahallasida istiqomat qilib kelayotgan ana shunday oilalardan biri, Iskandar Ro'ziyevlar xonadoniga tashrif buyurib, samimiy muloqot o'tkazdilar. Muloqot chog'ida Ro'ziyevlar oilasi tumanda hurmatga sazovor, ziyoli, el-yurt manfaati yo'lida fidoyi va sidqidildan faoliyat olib borayotgan ibratli oilalardan ekanligi e'tirof etilib, yurtimizda bunday oilalar safi tobora kengayib borayotganligi el-yurt, jamiyat rivojida muhim o'rin tutishi alohida ta'kidlandi.

Teglar
- -