Obodonlashtirish-ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
Ayni kunlarda Nurobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi, yo‘llardan foydalanish korxonasi hamda qurilish va uy-joy kommunal xo'jalik bo‘limi xodimlari tomonidan obodonlashtirish-ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mahallalardagi yo‘l chetlari, ko'p qavatli uy-joylar, binolar, yo‘laklar, ziyoratgoh hamda qabristonlar obodonlashtirilmoqda.
Ariq-zovur va lotoklar chiqindi va barg-xazonlardan tozalanib, gul ko'chatlarini o'tqazish, daraxtlarni oqlash ishlari olib borilmoqda.
Obodonlashtirish-ko'kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlarida tuman ahli ham faol ishtirok etmoqda.