insurez
12-06-2024 10:13

Nurobodlik yosh iste’dodlar xalqaro tanlov sovrindorlari safida


Joriy yilning 1–5-iyun kunlari Gruziya davlatining Batumi shahrida "Black Sea Fest" xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktablari jamoalari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishdi. Quvonarlisi, ular orasida nurobodlik yosh iste’dod egalari ham bo‘lib, tanlovning g‘olib va sovrindorlari qatoridan o‘rin egallashdi. Jumladan, tanlovning "Estrada vokal" yo‘nalishida ishtirok etgan B.Jo‘rayev va B.Rasulov o’zining ajoyib chiqishlari bilan xalqaro tanlov shohsupasidan joy olishdi. Tumanimizning ushbu yosh is’tedod sohiblarini erishgan ulkan muvaffaqiyati bilan qutlab, kelgusidagi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Teglar
- -