Nurobodlik o'quvchilar "Jadidlar izidan" Respublika tanlovining viloyat bosqichi sovrindorlari bo'lishdi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni buyuk ajododlarimiz, jadid bobolarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va ularning boy ijodiy merosi bilan yanada batafsil tanishishlarini ta'minlash maqsadida "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi o'tkazilmoqda.
Samarqand shahrida ushbu tanlovning viloyat bosqichi o'tkazilib, unda tumanlardan kelgan eng zukko va bilimdon o'quvchilar 2 yosh toifasida o'zaro bellashishdi.
Quvonarlisi, qizg'in va yuqori ruhda o'tgan tanlov yakunida har ikkala yosh toifasida ham Nurobod o'quvchilari faol ishtirok etib, g'oliblar safidan o'rin egallashdi.
Tanlovning 6-8 sinflar toifasi bo'yicha Nurobod tumanidagi 53-maktab o‘quvchisi Faxriddin Odinov faxrli 3- o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 9-10 sinflar toifasida 71-maktab o'quvchisi Go'zal Muxtorova ham faxrli 3- o'rin sohibasiga aylandi.
Yosh va zukko o'quvchilarimizni erishgan ushbu muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularning kelgusidagi o'qish faoliyatida bundanda yuksak marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!