insurez
27-06-2024 18:31

Nurobodlik bitiruvchi yoshlarga oltin va kumush medallar topshirildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulovning bitiruvchi o'quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman rahbari yurtimizda ta’limga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalar ekan, yoshlarni tirishqoqlik bilan o‘qishga hamda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashga chaqirdi. Nurobod tumanidagi 78 ta umumta’lim maktabini 2023-2024 o‘quv yilida jami 4942 nafar o‘quvchilar 9-11 sinflarini bitirgan bo‘lib, shulardan 2046 nafarini 11-sinf bitiruvchilari tashkil etadi. Ushbu bitiruvchilardan maktabni a’lo baholarga yakunlab, o‘qishi, xulqi va tirishqoqligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lgan 43 nafar o‘quvchiga a’lo darajali oltin medallar va yana 6 nafar o‘quvchiga a’lo darajali kumush medallar, faxriy yorliq va tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Tuman rahbari o‘quvchi-yoshlarga oldinda turgan kirish imtihonlarida va kelgusidagi o‘qish faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi.

Teglar
- -