insurez
21-10-2024 16:05

NUROBODDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI


Nurobod tumanida 28 ta davlat, 145 ta oilaviy, 7 ta davlat xususiy-sherikchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud. Ularda 9155 nafarga yaqin maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadi.

Yaqinda viloyat hokimligi ishchi guruhi hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, ish hujjatlarining yuritilishi, ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Bugun Nurobod tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari H.To’xtayev, tuman hokimi S.Berdiqulov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Jo‘rayev hamda ta’lim sohasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimligi ishchi guruhining xulosalari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yilida 6 yoshli bolalarning qamrovini tashkil etish bo‘yicha ishlar ahvoli, oilaviy nodavlat MTTlariga metodik ko‘maklashish,“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida guruhlashni tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.
 

Teglar
- -