insurez
15-10-2024 18:47

Nurobodda Xalqaro qishloq ayollari kuni nishonlandi


Gap qishloq ayoli haqida ketganda yuzida samimiyat va soddalik mujassam, mehnatkash va tinib-tinchimas nozik xilqat egalari ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. 

Ha, nozik xilqat egalari deya ta’riflasak-da, qilayotgan ishlarida, harakatida erkaklardan qolishmayotgani, ildam va zamon bilan hamnafaslik seziladi. 

Mamlakatimizda ham har yili 15-oktabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” bayram sifatida nishonlanib kelinadi.

Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san'at maktabida tumanimizning hududlaridan tashrif buyurgan qishloq ayollari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari I.Haqqulova ishtirok etiib, sana munosabati bilan qishloq ayollarini tabrikladi va faol xotin-qizlarga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Bayram tadbirida namoyish etilgan kontsert dasturi ishtirokchilarga bayramona va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
 

Teglar
- -