Nurobodda tuman rahbarining yoshlar va fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulov tumandagi Amir Temur, Sharq yulduzi va Navro‘z mahallalari aholisi va yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida fuqarolar tuman rahbariga o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini, savol va takliflarini yo‘llashdi.
Murojaatlarning ijobiy yechim topishi, o‘rinli takliflarning qanoatlantirilishi va amalga tatbiq etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida tuman rahbari migratsiyadagi fuqarolar bilan Zoom platformasi orqali onlayn muloqot o‘tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.
Migratlarning xorijdagi ahvoli, mehnat faoliyati, ish sharoiti bilan qiziqdi hamda murojaatlari ijobiy hal etilib, barcha kerakli yordamlar berilishini ta’kidladi.