Nurobodda "Tibbiyot xodimlari kuni" keng nishonlandi
"Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida" gi Qonunga muvofiq, yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi "Tibbiyot xodimlari kuni" etib belgilangan.
Bugun Nurobod tumani Madaniyat saroyida ushbu sana munosabati bilan katta bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, tibbiyot sohasi fidoyilari, soha faxriylari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida yig'ilganlarga tuman hokimi S.Berdiqulovning bayram tabrigi o'qib eshittirildi.
Ko‘p yillar tibbiyot sohasida samarali mehnat qilgan va fidoyiligi, jonkuyarligi bilan el xizmatida bo‘lib kelayotgan soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo'limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar yig'ilganlarga yuqori kayfiyat va ko'tarinkilik ulashdi.