insurez
26-09-2024 17:43

Nurobodda sport marafoni bo‘lib o‘tdi


Bugun “Nurobod” madaniyat saroyida 2-sonli Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan havaskorlik yugurish marafoni “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi, “Navoiyuran” DK “Nurobod” ishlab chiqarish maydoni hamda “NKMK jamg‘armasi” DM “Nurobod” hududiy boshqarmasi ishchi-xodimlarini jamladi.

Unda jamoalar to‘rtta yosh toifasi bo‘yicha ishtirok etdi. "Kasbim — faxrim va g‘ururim" deb nomlangan marafon ishtirokchilari finish chizig‘i sari yo‘l oldilar. Ularni xolisona baholash uchun esa malakali hakamlar hay’ati kuzatib borishdi.

Finish chizig‘i “Nurobod” madaniyat saroyi binosi old tomoni etib belgilandi. 

Tadbirning badiiy qismida “Nurobod” madaniyat saroyi ijodkorlarining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir nihoyasida marafon g‘oliblari 2-sonli Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Teglar
- -