insurez
15-06-2024 16:11

Nurobodda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi


Nurobod tumanida tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Z.Suvonqulov hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari M. Erkinov o'z sektorlari hududidagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvda rahbarlar Yangi O'zbekistonda yoshlar uchun barcha zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganligi, ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar ilm-fan, san'at, sport va boshqa turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotyotganligini ta’kidlab, yoshlarni ko‘proq o‘z ustida ishlashga, bilim olishga chaqirdi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan mulohaza, taklif, savol va murojaatlar tinglandi. Sektor rahbarlari yo‘llangan hech bir murojaat e’tibor va nazoratdan chetda qolmasligini ta’kidlab, mutasaddilarga murojaatlar ijrosi yuzasidan kerakli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Teglar
- -