insurez
19-09-2024 17:51

Nurobodda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulov tuman yoshlari bilan uchrashib, samimiy muloqot o'tkazdi.

Tuman rahbari yoshlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari, kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni puxta egallagan holda el-yurt ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan munosib kadr bo'lib yetishishlari lozimligini ta'kidlab, ertamiz egalarini ko‘proq o‘z ustida ishlashga, bilim olishga chaqirdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan mulohaza, taklif, savol va murojaatlar tinglandi.

Tuman rahbari hech bir murojaat e’tibor va nazoratdan chetda qolmasligini ta’kidlab, mutasaddilarga murojaatlar ijrosi yuzasidan kerakli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Teglar
- -