Nurobodda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Nurobod tumanida otaliqqa olingan olingan yoshlar bilan muntazam va tizimli ravishda ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Nurobod tumanida IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ullari ishtirokida otaliqqa olingan maktablarning bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, maktab bitiruvchilarining OTMlar bilan qamrovini oshirish va kasb-hunarga yo'naltirish kabi ezgu maqsadlar yo'lida tashkil etilgan tadbir yakunida o'quvchilarning savol, taklif va mulohazalari tinglanib, ularga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.