Nurobodda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” hamda “To‘garaklar festivali” tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida sportning shaxmat-shashka, stol tennis turlari bo‘yicha musobaqalar, “Men sevgan kasb” mavzusida rassomlik ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik va qo‘l mehnati, robototexnika, turizm va ekologiya yo‘nalishlarida ko‘rgazmalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz” shiori ostida videorolik namoyish etildi.
Tadbir yakunida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlar g‘oliblariga tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.