insurez
08-07-2024 12:57

Nurobodda navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida haftaning har dushanba kunlari muntazam o‘tkazib kelinayotgan tuman hokimining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi S.Berdiqulov, Xalq qabulxonasi, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi mavjud korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolar tuman rahbariga o‘zlarini qiynab kelayotgan va yechimi topilmayotgan muammoli masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaat va takliflarini yo‘llashdi. Murojaatlar elektr energiyasi, ichimlik suvi, qurilish, bandlikni ta’minlash, tibbiyot, ijtimoiy himoya daftarlari doirasida va boshqa yo‘nalishlardagi turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan bo‘ldi. Murojaatlar yechimi yuzasidan shu yerning o‘zida bir qator amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lsa, ijrosi batafsil o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar bo'yicha mas’ullarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, fuqarolar qabuli so'nggida mahalla raislari bilan yig'ilish o'tkazilib, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, ularning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishini ta'minlash borasidagi tizimli ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi hamda kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -