insurez
14-06-2024 16:32

Nurobodda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, viloyat hokimning o‘rinbosari Husan To‘xtayev, tuman hokimi Sirojiddin Berdiqulov, sektor rahbarlari, mahalla raislari va faollari ishtirokida mahalla yettiligi faoliyatini takomillashtirish, aholi turmush darajasini oshirish va fuqarolar bandligini ta’minlash kabi mavzularda muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda fuqarolar, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, yuksak kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mahalla yettiligi ish samaradorligini oshirish kabi masalalar to‘g‘risida so‘z yuritilib, buning uchun yettilik a’zolari astoydil va hamjihatlikda ishlashlari lozimligi alohida ta’kidlandi. Yuqoridagi masalalar ijrosi yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Otabek Hasanov tuman Yoshlar markazida hudud yoshlari uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar, markazdagi kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, yanada ko‘proq yoshlarni ushbu ma’rifat va ziyo maskanlariga qamrab olish, samaradorlikni oshirish yuzasidan o‘zining tavsiya va takliflarini berdi.

Teglar
- -