Nurobodda kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o'tkazish yuzasidan o'quv-seminari tashkil etildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida “Kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong'inlarni oldini olish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Unda viloyat FVB boshligʻi o‘rinbosari U.Axrorov tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, is gazidan zaharlanish sabablari va uning ayanchli oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuncha va ma'lumotlar berilib, barchani ogohlikka, hushyorlikka chaqirildi.
Yakunda seminar ishtirokchilariga mavzuga doir tarqatma material va eslatmalar tarqatildi.