Nurobodda "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" nishonlandi
Nurobod tumanining "Grand almaz" bazmgohida "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi S.Berdiqulov ichki ishlar xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, yurt tinchligini, qonunlar ustuvorligini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdek mashaqqatli, shu bilan birga sharafli xizmat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tizimda samarali xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar va soha faxriylariga tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinkilik va yuqori kayfiyat ulashdi.