insurez
06-07-2024 20:41

Nurobodda haj safaridan qaytgan 21 nafar hojilar kutib olindi


Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan oqilona siyosat barcha sohalar qatori diniy soha rivojiga ham ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Qaratilayotgan ana shunday yuksak e’tiborning samarasi o‘laroq, har yili minglab yurtdoshlarimiz muborak Haj ziyoratiga yo‘l olib, qutlug‘ va savobli amallarni bajarib qaytishmoqda. Bugun Nurobod tumanida muborak Haj safaridan qaytgan 21 nafar tumandoshlarimiz kutib olindi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi S.Berdiqulov hoji ota, hoji onalarimizni ushbu xayrli va savobli amallari bilan samimiy qutlab, ziyoratlar qabulini tiladi hamda hojilarimiz o‘zlarining boy hayotiy tajribasi va purma’no o‘gitlari bilan farzandlar, yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishlarini, yuksak ibrat namunasi ekanliklarini alohida ta’kidladi. Bunday e’tibordan qalbi iftixor tuyg‘usiga to‘lgan hoji otaxon-onaxonlarimiz yurtimiz mustaqilligi abadiy, tinchligimiz mustahkam va ertamiz farovon bo‘lishligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Teglar
- -