insurez
15-10-2024 17:55

Nurobodda ariq, zovur va lotoklarning ichlari barg-xazonlar va chiqindilardan tozalanmoqda


Kuz-qish mavsumida yog‘ingarchilik sabab chiqindi va xazonlarning ariq, zovur va lotoklarda to‘planishi joylarda suv toshish holatlarini yuzaga keltiradi.

Joylarda suv toshqinlarini oldini olish maqsadida Nurobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan hududda joylashgan ariq, zovur va lotoklarning ichlari barg-xazonlar va chiqindilardan tozalanmoqda.

Bu esa ariq va lotoklarning suv o'tkazuvchanligi ortib, piyodalar va avtomobil yo'llariga suv toshishining oldi olinmoqda. 

Obodonlashtirish va tozalash ishlari davom etmoqda.
 

Teglar
- -