insurez
07-06-2024 18:31

Nurobodda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish  mavzusida press-tur o‘tkazildi


Nurobod tumani Qilichli mahallasida ommaviy axborot vositalari xodimlari va tegishli mas’ullar ishtirokida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlikka jab qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida press-tur tashkil etildi.

 

Tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.Haqqulova ning so‘zlariga ko‘ra:

 

“O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 376-sonli qaroriga asosan tumandagi 36 ta mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik va salomatlik markazlari tashkil etildi.

 

Hozirda mazkur markazlarda 71 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, 116 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 39-sonli qaroriga asosan xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, daromadlarini va iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida 649 nafar xotin-qizlarga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun 12 mlrd so‘mda ortiq kredit mablag‘lari ajratildi.

 

Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan 354 nafar xotin-qizlarga umumiy qiymati 6 mlrd 886 mln so‘m bo‘lgan kreditlar ajratildi.

 

Shu bilan birga, 2024-yil 5-bosqich “Ayollar daftari”ning 2-toifasi “Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar”ga kiritilgan 74 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanishi uchun 884,3 mln so‘m miqdoriga imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

Xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularni doimiy daromad manbaiga  ega bo‘lishlarini ta’minlash orqali ularni jamiyatning iqtisodiy faol qismiga aylantirish maqsadida tuman kambag‘allikni qisqartish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda 650 nafar xotin-qizlar doimiy ishga joylashtirildi, 144 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 376 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan bo‘lsa, 102 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

 

Joriy yil “Ayollar dafarti”ga kiritilgan 1964 nafar ishsiz xotin-qizlar turli yo‘nalishlarda band qilindi”.

 

Yakunda press-tur ishtirokchilarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo‘llangan savollarga I.Haqqulova tomonidan  batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -