insurez
08-10-2024 19:40

Nurobod tumanida aholini kambag'allikdan chiqarish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda


Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/nur_press/33642) Nurobod tumanida aholini kambag'allikdan chiqarish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Erkinov,  tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Ibragimovlar tumanning olis Arabota, Bunyodkor, Nurafshon, Ag‘ron, Navbahor, Buloqboshi va Sahoba mahallalarida "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida  qilingan ishlar holati bilan tanishib, belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Fuqarolarning doimiy bandligini ta'minlash, salomatligini tiklash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash orqali kambagʻallikdan chiqarib, farovon turmushini ta'minlash borasida mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Bu kabi muhokama yig'ilishlari va xonadonbay o'rganishlar tumanimiz bo'ylab davom etmoqda...
 

Teglar
- -