insurez
05-10-2024 18:26

Nurobod tumanida aholini kambag'allikdan chiqarish borasidagi ishlar muhokama etilib, kelgusidagi rejalar belgilab olinmoqda


Bugun Nurobod tumani 1-sektor hududidagi "Amir Temur", "Navroʻz" va "Sharq Yulduzi" mahallalarida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov rahbarligida aholini kambagʻallikdan chiqarish borasida qilingan va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Unda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida aholi turmush darajasini yaxshilash, farovonligini ta'minlash, kambag'allikdan chiqarish borasida bajarilgan ishlar sarhisob etildi.

Fuqarolarning doimiy bandligini ta'minlash, salomatligini tiklash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash orqali kambagʻallikdan chiqarib, farovon turmushini ta'minlash borasida mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Bu kabi muhokama yig'ilishlari va xonadonbay o'rganishlar tumanimiz bo'ylab davom etmoqda...
 

Teglar
- -