insurez
18-11-2024 18:56

Nurobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati o'rganildi


Bugun Nurobod tumani Bosh prokuror o'rinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Sh.Sohibnazarov va Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov hamrohligidagi ishchi guruh tomonidan "Energetika xavfsizligi" oyligini munosib o'tkazish va tumanni kuz-qish mavsumiga to'liq shay holatga keltirish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan o'rganishlar olib borildi.

O'rganishlar davomida tuman elektr tarmoqlari korxonasi, issiqlik manbai DUK, tuman markaziy tibbiyot birlashmasi, maktab va bogʻchalar hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi.

Ishlarni tashkil etishda sustkashlikka yo'l qo'ygan rahbarlar tanqid ostiga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -