insurez
26-07-2024 09:32

Nurobod tumani Yoshlar markazida mahallalardagi yoshlar yetakchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi


Nurobod  tumani Yoshlar markazida mahallalardagi yoshlar yetakchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

O‘quv-seminarida tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi mas'ullari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Respublika oʻquv-seminarida ishtirok etgan yoshlar yetakchilarining taqdimotlari namoyish etilib, yoshlar yetakchilarining xizmat funksiyalari tushuntirildi hamda muammoli masalalar yuzasida savol-javoblar o'tkazildi.

Teglar
- -