Nurobod tumani Ulus mahallasida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish masalasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani Ulus mahallasida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish masalasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi viloyat va tuman bo‘limi mutasaddilari, mahalla mas’ullari va yoshlar ishtirok etishdi. Seminarda har bir qarich yer maydonidan unumli foydalanish lozimligi, mahalla mas’ullari tomonidan yer maydonlariga talabgorlar ro‘yxatini shakllantirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar to‘g‘risida so‘z yuritilib, bunda asosiy e’tiborni ishsiz yoshlar va migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratish kerakligi alohida ta’kidlandi. Seminar davomida mas’ullarning rejalari va fuqarolarning fikrlari atroflicha tinglanib, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.