insurez
08-06-2024 17:35

Nurobod tumani “Nurdum” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani “Nurdum” mahallasida viloyat Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashev, tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tuman aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan 60 dan ortiq murojaatlar yo‘llandi. Sayyor qabulda aholidan ichki yo‘llar ta’miri, kadastr, elektr energiyasi, bandlik, tibbiyot, moddiy yordam va boshqa bir qator masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Fuqarolar tomonidan yo‘llangan birorta murojaat rahbarlar e'tiboridan chet qolmadi va murojaatlar ijrosi, ijobiy hal etilishi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi mutasaddilar zimmasiga yuklatildi.

Teglar
- -