insurez
03-10-2024 17:19

Nurobod tumani 4-sektor rahbari hududdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishmoqda


Nurobod tumani “Arabota” mahallasi fuqarolarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budget” (openbudget.uz) axborot portalida mahalla hududidagi yo‘llarni asfalt qilish bo‘yicha joylashtirgan taklifi g‘olib deb topilib, bugungi kunda asfaltlash ishlari bajarilmoqda.

Bugun Nurobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Erkinov hududga tashrif buyurib, yo‘llarni asfaltlash jarayonini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, sektor rahbari Bunyodkor mahallasi hududida homiylik mablag'lari va hashar yo'li bilan yangidan bunyod bo'layotgan ko'prik qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishib, o'zining kerakli taklif va tavsiyalarini berib o'tdi.
 

Teglar
- -