insurez
03-10-2024 14:37

Nurobod tuman ishchi guruhining 2024-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti


Nurobod tuman ishchi guruhining 2024-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.

Mazkur qarorlarga ko‘ra:

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan tuman (shahar)lar byudjetlari mablag‘lari tegishlicha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanishi va ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.

2024-yil 3-chorak davomida “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash” maqsadida tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi hisobidan 5 122,0 mln.so‘m, IMV ning 2024-yil 16-sentabrdagi 23-9-19264-sonli xatiga asosan mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan  qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan loyihalarga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2 721,0 mln.so‘m,  Jami bo‘lib 7 843,0 mln.so‘m mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman hokimligida ochilganFuqarolar tashabbusli jamg‘armasiga yo‘naltirildi.

Jamoatchilik fikri asosida 2024 yil 2-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 6-26-iyul kunlari openbyudjet.uz rasmiy veb sayti orqali tumandagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 78 ta tashabbuslar qoldirildi, ularning umumiy qiymati 98 566,0 mln.so‘m.

Ikkinchi bosqichda, ushbu takliflar joriy yilning 26-iyuldan 15-avgustgacha ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib saralandi va natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 62 ta tashabbus jami 78 356,0 mln.so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda, joriy yilning 15-avgustdan 22-avgust kunlariga qadar fuqarolar va tashabbuskorlar tomonidan o‘z loyihalarini targ‘ibot qilish jarayonlari bo‘lib utdi.

To‘rtinchi bosqichda, joriy yilning 22-avgustdan 1-sentyabr kunlari fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayonlari bo‘lib utdi va eng ko‘p ovoz olib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 10 ta taklif tashabbuskorlari jami 84 719 ta ovozlar yig‘ib, 13 600,0 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Jumladan:

1. Sazag‘on MFYning “Sazag‘on MFY ta'mirtalab ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi yotqizish” tashabbusi uchun 9 709 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

2. Ag‘ron MFY ning “Ag‘ron va Navbaxor MFYlar o‘rtasidagi yo‘lni asfaltlash” tashabbusi uchun 9 077 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

3. Jarquduq MFY ning “Jarquduq qishlog‘i ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish” tashabbusi uchun 9 015 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

4. Buloqboshi MFY ning “Sepki qishlog‘ida joylashgan 53-sonli umuta'lim maktabi hududidan, maktabga qarashli bo‘sh yer maydonidan sport kompleksi qurish” tashabbusi uchun 8 989 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

5. Qo‘rg‘oncha MFY ning “4N-632 “Sepki–Oltio‘g‘il” qishloq avtomobil yo‘liga asfalt yotqizish” tashabbusi uchun 8 929 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

6. Qo'rg'oncha MFY ning “Sahro guzaridagi eskirgan simyog‘oshlar o‘rniga yangi beton simyog‘ochlar o‘rnatish va transformatorlarni yangisiga almashtirish” tashabbusi uchun 8 907 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

7. Qoʻrgʻoncha MFY ning “Qoʻrgʻoncha qishlogʻining 3 000 metr ichki yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizish”  tashabbusi uchun 8 827 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

8. Tegirmonboshi MFY ning “Tegirmonboshi va Karmovul guzarlarining ichki yo‘llarini asfalt qoplamali yo‘l qilish” tashabbusi uchun 8 740 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-sentabrdagi 23-9-19264-sonli xatiga asosan mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan va 2 ta tashabbusni moliyalashtirish uchun Respublika byudjetidan jami 2 720,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi:

Jumladan:

9. Oltinsoy MFY ning “Oltinsoy mahallasi Uzku qishloq temir yul o‘tkazgich joyi bilan Uzku qishloq Oqjirim qabristoniga boradigan 1392 metr yulga asfalt qoplamasini yotqizish ishi.” tashabbusi uchun 8 412 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

10. Mash’al MFY ning “Markaziy shifoxona, binosining tashqi va ichki fasad qismi va ichki yulaklarini ta’mirlash” tashabbusi uchun 4 114 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

2024-yil 1-mavsumda g‘olib loyihalar buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilotlar tomonidan barchasida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

2024-yil 2-mavsumda g‘olib loyihalarga buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihachi tashkilotlar aniqlanish jarayonida.

 

 

Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshligi v.v.b                                    A.Xudayberdiyev

Teglar
- -