insurez
31-07-2024 18:40

Nurobod sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashdi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulov va sektor rahbarlari tuman yoshlari bilan uchrashib, samimiy muloqot o‘tkazdi.

 

Dastlab tuman rahbari yoshlarni bugungi yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, el-yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan munosib kadr bo‘lib yetishish uchun zamonaviy kasb-hunar va bilimlarni puxta egallashga chaqirdi.

 

Muloqot davomida yoshlar sektor rahbarlariga o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha murojaatlarini, taklif va savollarini yo‘llashdi.

 

Rahbarlar tomonidan har bir murojaat batafsil tinglanib, ba’zilariga kerakli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning ijobiy yechim topishi, qisqa fursatlarda hal etilishi yuzasidan mutasaddi mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

 

Yoshlarning murojaatlarini tinglash, muammolariga yechim topish, hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish va bu yo‘lda kerakli imkoniyat va sharoitlar yaratishga qaratilgan bu kabi “Rahbar va yoshlar uchrashuvlari” joylarda muntazam davom ettirilmoqda.

Teglar
- -