Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanidagi 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari tomonidan maktab toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi to‘g‘risidagi murojaat xabarlar tarqaldi.
Mazkur murojaat xabarlar "Samarqand suv ta’minoti" AJ Nurobod tumani filiali xodimlari tonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining bugungi kunda toza ichimlik suviga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.
"Samarqand suv ta’minoti" AJ Nurobod tumani filiali tomonidan 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga toza ichimlik suvi inshooti qurish bo‘yicha Davlat dasturiga takliflar berilganligini ma’lum qilamiz.