insurez
25-09-2024 17:35

Munosabat: Nuroboddagi nosoz yo‘l ta’mirlanmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani Chorvador mahallasi, Hazarmali qishlog‘i fuqarolarining qishloq ichki yo‘llari ta’mirtalab ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi videolavhali murojaati e’lon qilingan edi.

Videolavhadagi ichki ta’mirtalab tuproq yo‘li Hazarmali qishlog‘ini Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi Xardiri qishlog‘I bilan bog‘lovchi ichki xo‘jalik yo‘li hisoblanadi.

Bugungi kunda mazkur yo‘lning ta'mirtalab qismi tuman Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus texnikalari yordamida tosh-shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirilmoqda.

Teglar
- -