Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Nurobod tumani “Ag‘ron” mahallasida yashovchi fuqarolarning 4N-561 “Sepki-Ag‘ron” (0-10 km) mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘li hamda 4R-52 “Sariko‘l-Ulus-Nurobod-Tim-Navoiy” (0-116 km) davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘llarining ta’mirtalab ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi vediomurojaatlari o’rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida 4N-561 “Sepki-Ag’ron”(0-10km) mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo’li 2023-yilda “Open budget” dasturi orqali 7, 8, 10 km qismlari oralig‘ida 2,2 km qismi ta’mirlanib, asfalt-beton qoplama yotqizish ishlari bajarilgan.
4N-561 “Sepki-Ag‘ron” va 4R-52 “Sariko‘l-Ulus-Nurobod-Tim-Navoiy” avtomobil yo‘llarining ta’mirtlab qismlari keying yillar davomida Manzilli Dasturlar asosida ta’mirlanishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.