Muammo va murojaatlar o‘z yechimini topmoqda
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan kadastr, ichki yo‘llar ta’miri, toza ichimlik suvi, tibbiyot, bandlikni ta’minlash va turli moddiy yordamlar olish kabi masalalarda 20 dan ortiq murojaatlar yo‘llandi.
Murojaatlar yechimi yuzasidan shu yerning o‘zida bir qator amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lsa, ijrosi batafsil o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar bo'yicha mas’ullarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.