insurez
30-07-2024 12:24

Migratsiyadagi yoshlar murojaat va takliflari tinglandi


Bugun  Nurobod tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Otamuradov migratsiyadagi yoshlar bilan “Zoom” platformasi orqali onlayn muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida yoshlar sektor rahbariga o‘zlarining mehnat faoliyatlarida uchrayotgan muammo va qiyinchiliklar yuzasidan murojaatlarini, taklif va mulohazalarini yo‘llashdi.

Barcha murojaatlar batafsil tinglanib, ularning ijobiy yechim topishi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi mas’ullar zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, migratsiyadagi mehnat faoliyatidan qoniqmay, yurtimizga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun kerakli barcha amaliy yordamlar ko‘rsatilishi, o‘zlariga mos ish o‘rinlari orqali bandligi ta’minlanishi alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -