insurez
21-11-2024 10:02

Korrupsiya – taraqqiyotga to'siq


Sportda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan normalarni qonunchilikka kiritish zarurati tufayli “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olgani yoki mulkiy manfaatdor bo‘lgani, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shunday ekan, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;  vazirlik va uning tarkibidagi tuzilmalar faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;  korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash;  vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga rioya qilinishini nazorat qilish;  ochiq ma’lumotlar sifatida rasmiy sahifalarda joylashtirilishi lozim bo’lgan ahamiyatga molik ma’lumotlarni o’z vaqtida belgilangan ro’yxat asosida joylashtirilishini nazorat qilish;  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan, korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini qonuniy ko’rib chiqib, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko’rish lozim.

 

Jaxongir Arslanov,

jinoyat ishlari bo’yicha Nurobod tuman sudining raisi

Teglar
- -