"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda
Avval xabar berganimizdek, Nurobod tumanining 1-sektor hududidagi mahallalarda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.
Sektor hududidagi "Mehnatkash", "Oqsoy", "Chortut" va "Sarikul" mahallalarida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov rahbarligida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi bo'lib o'tdi.
"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida aholini kambag'allikdan chiqarish, turmush sharoitini yaxshilash, muayyan doimiy daromad manbayiga ega qilish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga kerakli amaliy yordamlar ko'rsatish, doimiy bandligini ta'minlash, salomatligini tiklashiga ko'maklashish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.