insurez
07-10-2024 17:35

Kambagʻallikdan farovonlik sari


Bugun Nurobod tumani 3-sektor hududidagi mahallalarda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.Otamurodovlar rahbarligida aholini kambagʻallikdan chiqarish, bandligini ta'minlash borasida qilingan ishlar tahlil etilib, kelgusidagi rejalar muhokamasi bo'lib o'tdi.

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida aholi turmush darajasini yaxshilash, farovonligini ta'minlash, kambag'allikdan chiqarish, bandligini ta'minlash borasida bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga kerakli amaliy yordamlar ko'rsatish, doimiy bandligini ta'minlash, salomatligini tiklashiga ko'maklashish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, boshqarma boshlig'i sektor hududidagi paxta maydonlarida bo'lib, yig'im-terim ishlarining qay tarzda tashkil etilganligi va ishlar sur'ati bilan tanishib, mas'ullarga o'z tavsiya va maslahatlarini berdi.
 

Teglar
- -