insurez
09-10-2024 12:05

Hormang paxtakorlar...


Nurobod tumanida paxta yig'im-terimi ishlari yuqori sur'atlarda davom etmoqda.

Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov tumandagi Boshquduq mahallasining serhosil paxta maydonlarida bo'ldi.

Tuman rahbari hududda paxta yig'im-terim ishlarining borishi, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga bir qator tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimligi tashabbusi bilan paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan paxtakorlar holidan xabar olinib, ilg‘or terimchilarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy yilda Nurobod tumanida 632 gektar yer maydonlarida g‘o‘za parvarishlanib, mo'l hosil yetishtirildi.
 

Teglar
- -